avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

"Mening bobom, buvim - mahallamiz fahri"

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Qashqadaryo  viloyati  Kasbi tumani,11- Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi   9-sinf o’quvchisi Ziyodullayeva  Marjonaning “Mening bobom, buvim –mahallamiz faxri “ mavzusidagi insholar tanlovi  uchun yozgan inshosi .
   Mening bobom, buvim –mahallamiz faxri
Reja:
1.Mening ikki qanotim.
2.Buvijonim, mehri daryo bulog’im.
3.Bobojonim, uyimdagi chirog’im.
4.Bu muqaddas vatanda azizdir inson.
           Men o’zimni parvozdagi qush misol tasavvur qilaman. Qush parvoz qilishi uchun unda qanot bo’lishi lozim. Menda esa o’sha qanotlar mavjud. Bu qanotlar  bobojonim va buvijonimdir.Ular mening tayanchim, qanotim. Agar ular bo’lmasa men katta hayotga qadam qo’yolmayman. Chunki bobom va buvimning pand-nasihatlari bilan yanada balandroq parvoz qilaman.Ular hamisha bu murakkab hayotning achchiq-chuchugi-yu, past-balandi,oq-u qorasini farqlay olishim uchun ko’maklashishgan. Ba’zida koyishsa ham shirin so’zdek tuyuladi.Men uchun ularning har bir gaplari sehrli. Shu o’rinda bir she’r yodimga tushdi:
Bobo kimdir?
Uyingdagi chirog’ing!
Buvi kimdir?
Mehri daryo bulog’ing!
Ikkalasin duosini ololsang,
Bir umrga g’am ko’rmaydi qarog’ing!
Bobo kimdir?
Ko’zingdagi nuringdir.
Buvi kimdir?
Farishtangdir huringdir.
Har ikkisi dunyolardan kattaroq,
Olamlardan ulkan qalb qo’ringdir.
Buvi kimdir?
Seni katta qilguvchi.
Bobo kimdir?
Kelajaging bilguvchi.
Yo’llaringni yorituvchi hakamlar,
Xatolaring bilan qo’shib suyguvchi.
Mening ham mehridaryo buvijonim bor:
Buvijonim mehribon,
Boshimizga soyabon.
O’zi juda talabchan,
Bo’lsin doim sog’-omon.
Buvim yuzlarga kirsin,
Davr-u davronlar sursin.
Hassaga suyanmasin,
Bizga suyanib yursin.
Buvijonim juda xushmuomalali inson. U kishi har Farg’onaga borganlarida  atlas va adraslar olib keladilar. Ular menga:”Sarishtali uy- farishtali uy”,- deydilar. Yana :”Qizalog’im, olloxning kalomi tilingdan tushmasin, uning ismi esa dilingda yozilsin”,- deb aytadilar. Buvijonim duoga qo’l ochsalar olam charog’on bo’ladi. Men dasturxon bo’yida duo o’qishni ulardan o’rganganman. Har tong boshimni ohista silab uyg’otadilar.Ular kulsalar gullar ham jilmayganday bo’ladi go’yo. Sochimni ham o’rib qo’yadilar. Men beg’uborgina buvijonimni juda yaxshi ko’raman.
       Bobojonimga kelsak, ular tashqi ko’rinishdan qaraganda qattiqqo’l, jidiy va ishbilarmonlar. Lekin insonga tashqi ko’rinishga qarab baho berib bo’lmaydi-ku.Bobojonim qalbi toza, mehribonlar va barchaga yordam beradilar, yo’l topolmaganga yo’l ko’rsatadilar, bilmaganlarini o’rgatadilar. Hamisha bizga to’g’ri yo’lni ko’rsatganlar. Bobojonim:” Salom -xudoning qarzi”,- deya uqtiradilar. Ularning serhasham va juda chiroyli bog’lari bor. Kichkinaligimizda bog’dagi ko’chatlarning barini bobojonim bilan birgalikda ekib chiqqanmiz. Mehnat- mehnatning tagi rohat  deb bejizga aytishmagan.Mana yoz ham kirib kelmoqda. Hademay mevalar ham yetilib qoladi. U yerda rang-barang gullar ko’p.
Bobojonim hech tinib-tinchimaydilar. U kishi aslida agronom bo’lganlar. Paxta ham yetishtirganlar. Shu sabab zararkunandalarga qarshi ish olib borganlar. Hozirda biz bobojonimning ishlarini qunt bilan davom ettirmoqdamiz. Menga ular bilan bog’da ekkan gullarimni parvarishlash yoqadi:      Bobomning bog’i
Bobom yaratgan bog’da
Behi, uzum pishmoqda.
Daraxt shoxida qator
Olxo’ri, olma, anor.
Ulardan shirini yo’q
Anorki go’yoki cho’g’.
Biz uchun qilgandir mehnat,
Bobom baxtlidir behad:
-Bog’ sizga bersin kuchin
Mevalar bolin iching.
Bu bog’dan faqat biz emas, balki, barcha bahramand bo’ladi va bobomga ming raxmat aytishadi. Bobojonim sakson yoshdan oshganlar. Men hayron qolaman. Qanday qilib shu yoshda ishlash mumkin? Bobom esa: “ Bolajonim kishi jismoniy mehnat bilan hech narsa bo’lmaydi.Aksincha, sog’lom, teran fikrlaydigan bo’ladi. Bir  joyda o’tiraversam bularga kim qaqraydi?”,- deydilar. Men qilaman desam:”Sen hali yoshsan, o’qigin, sen qancha yaxshi o’qisang, men ham sendan shuncha mamnun bo’laman”,- deydilar. Men bobojonimdan:”Bobo orzuyingiz nima?”,- deb so’radim. Ular menga:”Sizlarning baxt-u kamolingizni ko’rish”,- deya javob qaytardilar.
Albatta, har bir inson uchun o’z farzandining baxti muhim.
      Biz shunday tinch va yorug’ zamonda yashayapmiz. Vaqt g’animatdir. Yaqin insonlarimiz: ota-onamiz,opa-singlimiz, aka-ukamiz, bobo-buvilarimizning qadrlariga yetishimiz, ularning ko’zlari ochiqligida xizmatlarini qilishimiz hamda e’zozlashimiz kerak. So’nggi pushaymon o’zingga dushman deyishadi. Shu sabab ularni tirikliklarida qadrlariga yetaylik, hollaridan xabar olaylik.
     Mustaqilligimizdan so’ng, Hajga borish imkoniyati berildi. Keyin bobojonim bilan buvijonim 1998-yil birinchilardan bo’lib muborak Haj safariga borib kelishdi.Ularni odamlar “Hoji bobo va Hoji momo”,- deb ataydigan bo’lishdi. Agar qishlog’imizda birorta maslahatli ish chiqib qolsa, bobojonim hamda buvijonimdan yordam so’rashadi, hamisha uylarining to’ridan joy berishadi.
      Bu vatanda har bir inson aziz va mukarramdir. Shuningdek, yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning tashabbuslari bilan 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili”,- deb e’lon qilindi. Yilning bunday nomlanishi keksalarimizga bo’lgan yuksak ehtiromning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. Qariyalarimizga keng ko’lamdagi shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan, yurtimizning barcha joylarida ularga g’amxo’rlik qilishyapti, hollaridan xabar olib, yolg’iz qolgan qariyalarga yordam berishyapti. Kuni kecha biz ham maktabimiz o’quvchilari hamda ustozlarimiz bilan birga qishlog’imizdagi yolg’iz qolgan qariyalarning uylariga borib, ularning ishlariga ko’maklashdik. Ular davlatimiz tomonidan bepul ko’rikdan o’tishyapti va turli xil sovg’alar bilan taqdirlanishmoqda. Keksalarimizning qo’llari duoda, hamdu-sanolar aytishadi. Olloxga ming shukurlar bo’lsinkim, biz mana shunday ozod, obod, hur,tinch, mustaqil yurt farzandimiz, erkin, farovon hayotda, ota-onamiz, bobo-buvilarimiz bag’rida davr-u davronlar surib, g’amsiz umr kechiryapmiz. O’zbekistonday chaman yana qayda bor? Shuni aytishim joizki, men vatanim madhini misli ko’rilmagan she’rlarimda kuylayman. Men bularni iftixor bilan baralla aytaman. Bu muqaddas vatanda azizdir inson. Keksalarimizni asrab avaylaylik.
                                                              Kasbi tumani 11-D.I.U maktabi 9-sinf
                                                              o’quvchisi Ziyodullayeva Marjona.
 
                                                              Tel: +998915614949.

Qarisi  bor  uyning  parisi  bor  .
(Maqol .)

Fizika o'qitishda innovatsion usullardan foydalanish

Таълим ва тараққиёт
Илм-фан
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
QASHQADARYO  VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH  va  MALAKA OSHIRISH INSTITUTI
 
TABIIY FANLAR KAFEDRASI .
 
Malakaviy ishi
 
Mavzu: Fizika darslarida  ilg’or pedagogik  texnalogiyalarni  qo’llash .
 
Bajaruvchi: Kasbi  tuman Xalq ta’limi bo’limiga  qarashli
13 — umumiy o’rta ta’lim  maktabining  fizika  fani o’qituvchisi 
Arabova  Zamira .
 
           Rahbar :              Dilfuza  Qorayeva
 
        Taqrizchi :          Karim Xudoyqulov
 
Mening  eng  katta ishonchim – yosh avloddir .  Zamonaviy  bilimga  ega, odobli, ilmli, ko’rsang havasing keladigan, barkamol  va shijoatli farzandlarimizdir.
        Men o’zimning taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimizning  taqdirini ham ana shularning qiyofasida  ko’raman .
 
                                               ISLOM KARIMOV .
   
 Mavzu. Fizika darslarida  ilg’or pedagogik  texnalogiyalarni  qo’llash.
 
Reja .
I. Kirish :
Innovatsiya nima ?
II. Asosiy qism :
1.    Interfaol usullar .
2.    Blits.
3.    Bumerang .
4.    Klaster .
5.    Sinkveyn.
6.    Ven dagrammasi .
7.    “  Ikki qismli kundalik  “
8.    “Sport – loto “ o’yini .
9.    “Domino “o’yini .
10.“Insert “ jadval .
     11. Piramida
12.O’yla, izla ,top .
13.Matn yozish .
14.Kubiklar .
III. Xlosa .
 
    Innovatsiya  — lotincha  so’z bo’lib, “yangilik kiritaman, tatbiq etaman, o’zgartiraman “ degan ma’nolarni bildiradi .   Keng ma’noda qaraganda  ta’lim tizimidagi  har qanday o’zgarish – bu pedagogik innovatsiyadir. Bu ta’limot  uch yo’nalishni o’z ichiga oladi :
1.    Pedagogik  neologiya  ( yunoncha  neo- yangi va “Logos” – ta’lim –yangilik haqidagi ta’limot ) bunda  pedagogika sohasidagi  yangiliklar o’rganiladi va umumlashtiriladi .
2.    Pedagogik akseologiya  ( yunoncha “Aksioma “- hurmat qilmoq, isbotlanmaydigan ta’limot )  deyilib bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralisi tanlab olinadi .
3.    Pedagogik praksologiya ( yunoncha “Proks “ – harakat, “Logos” – ta’lim ,amaliyotga qo’llash haqidagi ta’limot ) deyilib bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo’llaniladi .
    O’qituvchiga qo’yiladigan talablar :
-         Innovatsion texnalogiya tushunchasini, uning mazmun mohiyatini bilishi ;
-         Innovatsion texnalogiyalarning ta’lim maqsadini amalgam oshirishdagi o’rni va rolini  bilishi.
-         Innovatsion texnalogiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash prinsiplarini  bilishi ,o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish  va ta’minlash  yo’llarini  bilishi.
-         O’quvchilarning o’z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi .
-         Ko’rgazmali o’qitish usullarini bilishi va egallashi .
Ilg’or pedagogic texnalogiyalarni  qo’llab namunaviy o’quv mashg’ulotlarini o’qitish ta’lim – tarbiyaning faollashtiruvchi usullarini  bilishi va egallashi  kerak. Bugungu kunda Ozbekistonda uzluksiz ta’lim ta’lim tizimida 80 ga yaqin innovatsion texnologiyalar va metodlardan  foydalanilmoqda .
Masalan:
-         “Bumerang “
-         “Loyihalash “
-         “Ishbilarmonlik rolli o’yini “
-         “Charxpalak “ texnalogiyalari
-         “Klaster “ metodi .
-          “Xulosalash “texnalogiyalari  .
-         “Muommoli o’qitish texnalogiyalari  .”
-         “Beer (Yelpig’ich ) texnalogiyalari  .”
-         “Muammo “
-         Debatlar .
-         “Mini  test metodi “
-         Skarabey  texnalogiyasi
-         “Aqliy hujum “
-         “Ikki qismli kundalik “
  O’qituvchi  qaysi fandan dars o’tmasin, har doim “Qanday o’qitish kerak? “ degan savol  turadi. Bu masalani yechimi faqatgina shu pedagogning  mahoratiga bog’liq .
                Maqsadimiz:
“Sen buni bilishing kerak “ degan majburlovchi da’vatdan “ Menga bu zarur va men buni bilishga ,uni hayotga qo’llashga qodirman “ degan ichki ishonch va intilishni yug’otish !
 
O’qitish jarayonida  qo’llaniladigan usullar  juda ko’p. Bu usullar bolaning yosh  xususiyatlariga ,  ko’pchilikni o’qitishga  yoki individual ta’lim  berishga mo’ljallangan   bo’ladi.
 
1.    Blits   — uch bosqichda olib boriladi. Hamma bosqichlar uchun bir xil vaqt ajratiladi .Shu o’yinni VI sinfda “Tovush manbalari “ mavzusiga qo’llalik .
 
I  bosqich :
 Bunda har bir o’quvchi induvidual holatda islaydi
Shart: “Tovushning tabiiy manbalari”ga ettita misol yozing  1 daqiqa vaqt ajratiladi. Keyin o’qib eshitiladi .
II bosqichda o’quvchilar ikkitadan bo’lib 
III  bosqichda Qatoridagi o’quvchilar bir guruh bo’lib 1 daqiqa ichida 30 ta “Tovushning tabiiy manbalari”ga  misol yozishadi. Keyin o’qib eshitiladi .
Bu metod bolalarni hamjihat bo’lib fikirlashga, tezkorlikka o’rgatadi .
 
II .Bumerang
Ushbu texnalogiya dars jarayonida, darsdan tashqari bo’sh vaqtlarda turli adabiyotlar tarixiy manbalar, matnlar bilan ishlash jarayonida o’quvchilarning o’rganilgan mavzuni yaxshi eslab qolish og’zaki nutqini rivojlantirish va o’z fikrlarini erkin bayon eta olish malaksini shakllantiradi shuningdek  bir dars davomida barcha o’quvchilarni baholash imkonini beruvchi texnalogiya hisoblanadi  Bu texnalogiyadan  yangi mavzuni yoki materialni o’rganish jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1-   bosqich .O’quvchilar 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadi .
2-   bosqich .O’qituvchi har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o’rganish fikrlash va yodda saqlab qolish uchun o’rganilayotgan yangi mavzu bo’yicha alohida yozma  tarqatma material beradi. Tarqatma material umumiy mavzuning bir qismini tashkil etib, guruhning barcha a’zolariga  bir xil mazmunda berilishi kerak. Demak yangi mavzu oldindan tashkil etiladigan guruhlar soniga qarab to’rt  yoki besh qismga bo’linishi lozim. Shunda har bir guruh yangi mavzuga oid alohida matnga ega bo’ladi .
3-   bosqich.Gguruhning har bir a’zosi matnni yakka tartibda alohida o’rganib chiqib, eslab qolishi, keyin esa guruh a’zolari matnini o’zaro savol-javob asosida guruhda muhokama qilishi  kerak. Matnning katta kichikligiga qarab  bu ishga 10 min ajratiladi .
4-   bosqich.  O’qituvchi har bir guruh yoniga kelib oldindan raqam yozilgan kartochkalardan bittadan olishni taklif etadi ( qog’oz soni guruhdagi o’quvchilar soniga teng bo’lishi kerak, 1 raqamini olganlar 1- guruhga, 2 raqamini olganlar 2- guruhga va hokazo .) O’qituvchi raqamlar bo’yicha yangi guruh tuzishni taklif etadi .
5-   bosqich .Yangi tuzilgan guruhning  har bir a’zosi endi o’ziga  2ta vazifani ham o’qituvchi, ham o’quvchi vazifasini oladi .Yani guruhning har bir a’zosidan oldingi  guruhda o’zi  o’rganib  chiqqan  maqtn mazmunini  yangi  guruh o’zolaroga  o’rgatishi  va o;z  navbatida  guruhning  boshqa  a’zolarining   matnlarini   ham o’zlashtirib olish talab  etiladi.  bunda  guruhning har  bir  ishtirokchisi   o’zi o’zlashtirgan materualni  so’zlab berishi  orqaki boshqalarga yetkazishi lozim.buningv uchun  20 daqiqa vaqt  ajratiladi.   natijada raqamlar  bo’yicha tuzilgan yangi  guruhlar  umumiy  mavzu boyicha  barcha  materialni  o’zlashtirishga erishadilar.
6-   bosqich. Guruhdagilar  bir-birlariga   o’z  matnlarini  gapirib  bergach ,  matn   qanday  o’zlashtirilganini  tekshirish  uchun  o’qituvchi   guruh  a’zolariga o’z   matnlaridan  kelib chiqib  bir-birlariga    savol  berishlari  tushuntiriladi  va   guruh ichida  shu  tariqa  ichki  nazorat  o’tkaziladi. bu esa guruhdagilarning  bir-birlariga   so’zlab  bergan materiallarini  boshqa-lar  tomonidan qanday  o’zlashtirilganini  aniqlashga  va  mustahkamlashga  yordam beradi.
7-   bosqich.  O’qituvchi  barcha  o’quvchilarning   oldingi  guruhlarga qaytarilishlarini  so’raydi va hamma dastlabki  guruhiga qaytadi .
8-   O’qituvchi barcha o’quvchilarning mavzuga oid hamma material bilan tanishib  chiqqanligini  hisobga olgan  holda  sinfdagi hohlagan o’quvchisidan  usgbu mavzuga oid  hohlagan savolini so’rashi mumkinligini  va nazorat savollarini reytini ballariasosida baholashini aytadi
9-   bosqich. O’qituvchi tarqatma materiallardagi savollar asosida guruhlarning o’zlashtirishini tekshirib  chiqadi
10-                     bosqich. O’qituvchi har bir guruhga o’z materiali asosida  yangidan  3ta savol  tuzishni aytadi  Vaqt 3-5 daqiqa
11-                     bosqich .Bu bosqichda guruhlar bir – birlariga  o’zlari tuzgan savollarni beradilar va berilgan javoblar  baholanadi. Agar guruhlar savolga javob bera olmasa o’zlari to’ldiradi va qo’shimcha balni qo’lga kiritadilar .
12-                     Yakuniy bosqichda  guruhlar to’plagan  ballar  hisoblanib, rag’batlantiriladi .Bunda guruh a’zolarining ham fikrlari inobatga olinib ballar qo’yiladi .
Bu o’yinni masalan VII sinfda 30-mavzu. Sirpanish ishqalanishi. Dumalanish ishqalanishi  mavzusini o’tishda qo’llashni ko’raylik .
I-                 bosqichda  o’quvchilarga  kartochkalar tarqatamiz. Tarqatib bo’lgach ochib qarashlari aytiladi. Kartochkalarda “ Doira “, “Rubob “, “G’jjak”, “Surnay “  yozuvlari bo’ladi. O’quvchilardan gapirmasdan pantamimo qilib o’z guruhlarini topishlari aytiladi.
2-3-bosqich: “Doira “ guruhi  a’zolariga  “Sirpanish ishqalanishi deb nimaga aytiladi ?”
“Rubob “guruhi  a’zolariga  “ Sirpanish ishqalanish kuchi formulasi, undagi kattaliklar “,“G’jjak” guruhi  a’zolariga   “Dumalanish ishqalanishi  deb nimaga aytiladi ?”, “Surnay “  guruhi  a’zolariga  “  Dumalanish ishqalanish kuchi qanday kattaliklarga bog’liq? “ degan topshiriqlar beriladi .Guruh a’zolari savollarni yotib beruvchi matnni alohida daftarlariga yozishlari eslatiladi .Buning uchun 8 min vaqt berilgani eslatiladi .
4-bosqich. O’quvchilarda “1 ” va “2” raqam yozilgan kartochkalarni tarqatib chiqamiz.
5- bosqich .Yangi tuzilgan guruhlar bir birlariga o’zlariga berilgan topshiriqlarni o’rgatishadi ( “Mehmonlarga “) … Shu tartibda barcha bosqichlarni  yuqorida aytilgandek tashkil etiladi.
IV. “Klaster “ .
  Klaster inglizcha so’z bo’lib ( cluster ), bosh, bir shingil, popuk ma’nosini anglatadi. Klaster – bu ma’lum bir mavzu bo’yicha o’ylashga yordam beruvchi strategiya bo’lib  fikrlashning nochiziqli  shaklidir.
Klasterni o’tkazish usuli
1       .Doskaning o’rtasiga tayanch, asosiy formula, tushuncha yoki fizik qonun yozib qo’yiladi .
2       O’quvchilar shu so’z bilan bog’liq hayoliga kelgan barcha so’z va gaplarni aytadilar. Ularni o’qituvchi, boshlovchi o’quvchi  yoki fikr aytgan o’quvchining o’zi doskaga yozib qo’yadi .
3       Go’yalarni aytish va yozish belgilangan vaqt davomida amalga oshiriladi .
4       Yozish tugagach, yozilgan so’zlar orasida bog’liqlik tahlil qilinadi va chiziqchalar chiziladi .
 
Doirachalar ichiga :
Og’rlik kuchi, elastiklik kuchi, jism tezligini o’zgartiruvchi sabab, Nyuton ,
dinamometr, jism shaklini o’zgartiruvchi sabab …. yozilishi mumkin. bog’liqlik chiroyli chiqmasa shingil, yoki popuk hosil bo’lmay qoladi .
 
V. “Sinkveyn “  tuzish. Qisqa gapda katta o’quv axborotni  o’z ichiga olgan qofiyalanmagan misra. Sinkveyn  — fransuzcha so’z bo’lib  “besh “  degan ma’noni bildiradi. U  besh qatordan iborat bo’ladi .
1- qator: Mavzu   bitta so’z bilan yoziladi .
2- qator: mavzu ikkita so’z bilan yoziladi .
3- qator :  Mavzudagi voqea uchta so’z bilan  yoziladi
4- qator: Munosabat, hissiyot to’rtta so’z bilan yoziladi .
5- qator: Mavzu mazmuni bitta so’z bilan yoziladi .
 
Masalan  :  IX sinflarda  “Koinot haqidagi tasavvurlar bo’limi”da
 
1.    Mars 
2.    To’rtinchi  sayyora, qizil
3.    Doimiy, murakkab harakatda .
4.    Yer gruppasiga kiradi, tabiiy yo’ldoshlari ikkita, hayot mavjud emas.
5.    Sayyora .
VI  sinflarda Tezlik va uning birliklari mavzusidan:
 
1.    Tezlik .
2.    Vektor kattalik.
3.    Texnikadagi asosiy parametr.
4.    O’lchovchi asbobi spidometr, asosiy birligi  m/s.
5.    Fizik kattalik .
 Bu vazifani musobaqa darslarida  kichik guruhlarga uyga topshiriq sifatida  berish mumkin .
 
VI . Venn diagrammasi .
Fizik hodisalar mexanizmlarning bir biriga o’xshydigan va  o’xshamaydigan xususiyatlarini taqqoslovchi vosita buning uchun ikki yoki undan ortiq doira quriladi. Doiralarning ikki tomoniga taqqoslovchi hodisa yoki mexanizmning nomlari yoziladi. Kesishuvchi doiralarga moz ravishda o’xshydigan yoki o’xshamaydigan xossalaro yoziladi .                                     
                                                O’xshash tomonlari .
VI sinfdagi o’quvchi yoshlarning   tabiati hali o’yinqaroq  bo’lishini  hisobga olsak, ta’limning ma’ruza  usuli unchalik qo’l kelmaydi .  Konferensiya darslarini ham yuqori sinflarda qo’llashning samarasi  ko’proq bo’ladi.
   O’quvchilarni ko’proq qiziqtirish uchun  “O’yin dars”laridan  foydalanish mumkin.
VII. “Ikki qismli kundalik “ metodi –
    Darsning yangi mavzu o’rganilayotgan qismida yoki yangi terminlar, tushunchalarni mustahkamlashda  foydalaniladi .
    Bu metod bilan ishlash asosan yozma shaklda amalga oshiriladi .Bunda o’quvchi o’zining konspekt daftarini ikki qismga ajratadi .Yangi o’rganilgan tushuncha, ta’rif yoki izohlar  daftarning birinchi tomoniga yoziladi. Ikkinchi tomonga esa har bir o’quvchi berilgan ta’rifdan kelib chiqib, o’z ta’rifini bir necha variantda  yozishi kerak.
Masalan :
 
Berilgan ta’rif .
O’quvchining ta’rifi .
 
Galvanostegiya–elektrolizdan foydalanib, buyumlarning sirtini qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplash .
 
Elektroliz yordamida metall buyumlarni boshqa metallarning yupqa qatlami bilan qoplash .
Metall buyum sirtiga  bezak berish.
 
VII. “Sport – loto”  - bunda huddi “Sport – loto”   kartochkasiga o’xshash kartochkalar tayyorlanadi. Har bir kartochka 6- 8 bo’laklarga bo’linadi. Bo’laklarga tushadigan savollarning javoblari  yozilgan bo’ladi. O’qituvchi yoki olib boruvchining haltasida savollar yozilgan doirachalar  yoki kichik kartochkalar bo’ladi. Oyinni o’tkazish uchun o’quvchilar 6-8 tadan qilib guruhlarga ajratiladi .Har bir guruhga javoblar kartochkasi va uning har bir katagini berkita oladigan qalin kartondan qilingan bo’sh qog’oz kartochkalar beriladi. O’qituvchi haltadagi, yoki qutidagi savollarni aralashtirib o’quvchilardan birini savol olish uchun taklif qiladi va olingan savolni o’qiydi. Savolga javob qaysi guruhning kartochkasida bo’lsa uni bo’sh kartochka bilan  berkitadi. Kimning kartochkasi oldin to’lsa o’shq guruh g’olib bo’ladi. To’g’ berkitilganligi tekshirib chiqildi .
 
Masalan :
VIII. “Domino “ o’yini
Formula boshlab beriladi  o’quvchilar uni davom ettirishadi .
 Masalan:
  A=F x S — S= V * t --- 
Fizikada formulalarni yod olish kerak bu o’yin aynan shu maqsadga qaratilgan .
IX .“Insert “.Har bir dars yakunida o’quvchilardan  “Insert “ jadvalini to’ldirish talab qilinsa bola yanada ko’proq izlanishga harakat qiladi .Insert  jadvali
Bilar edim
Bilib oldim
Bilishni xoxlayman
 
X. Piramida o’yini -  bu o’yinda   o’quvchilar  ikki guruhga bo’linib ,  piramida shaklidagi  jadvalga fizik kattaliklarning nomini, fizik hodisalarni  harflar o’rtib borishi tartibida    yozing degan  topshiriqni bajaradilar.  Qaysi guruh  g’olib  chiqsa rag’batlantiriladi. Bu o’yinga 1-2 daqiqa vaqt yetarli bo’lib umumlashtiruvchi darslarda foydalanish mumkin
1. Ish                    4.Massa .
2.Yo’l                   5.Tezlik
3. Vaqt                  6….
 
XI. O’yla , izla , top.
Bu o’yinda o’quvchilarga  birqancha  fizik kattaliklarning belgilari   beriladi, ulardan  foydalanib, formulalar  yozdiriladi, Ikkala guruh  bir – birini  kamchiliklarini  topadilar. Ushbu o’yinni  dars davomida  1-2 daqiqa ichida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi  .
   
XII. “Matn yozish “
 Bunda esa berilgan so’zlardan   foydalanib, 6 ta, 10 ta, 12 ta gap tuzish lozim. Matn mazmunini o’qitilib, ilmiy aniq faktlar keltirilishiga e’tibor qaratiladi .
Masalan :
  Bu so’zlardan foydalanib 6 ta gap yozing   deb topshiria berish mumkin.
   O’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh bo’lib ishlashga  imkon beradi. Bunday usullardan  uyga vazifa  so’rashda  va yangi mavzuni  o’tib  bo’lgandan  so’ng ham foydalanish mumkin .
 
XIII.” Kubiklar o’yini. “
 
Oddiy kubiklar bo’lib yon tomonlariga  formulalarning, fizikaviy  tushunchalarning  o’lchov birliklari va boshqalarning bo’laklari  bo’ladi .  Ularning soni  6 ta bo’lishi mumkin. Ular to’g’ri birlashtirilsa, aniq formula va hodisa  tasvirlangan  rasm hosil bo’ladi. Kubikni uyga vazifa sifatida ham berish mumkin. Bunda kubikning bir tomonida  rasm qo’yiladi, har bir tomoni uchun topshiriqlar  beriladi .
1-   tasvirlang – hajmi, shakli .
2-   Taqqoslang – nimaga o’xshaydi ?
3-   O’xshating – sizga nimani eslatdi ?Qayerda ko’rgansiz ?
4-   Tashkil qiling – qanday  va nimadan qilingan? Nimalardan tashkil topgan?
5-   Ishlating – qayerda va qanday ishlatish mumkin ?
6-   Foydali va zararli tomonlari qanday ?
“O’zligingni angla “
Yer yuzida eng ko’p tarqalgan elementsiz. – Siz kimsiz ¿
 Rangsiz, hidsiz, gazsiz. – Siz kimsiz  ¿.Havodan  og’ir, suvda juda oz eriydi, undan elektr uchquni o’tganda, yoki momaqaldiroqda va chaqmoq chaqqnda o’ziga xos hidga ega birikma hosil bo’ladi, Uning manashu birikmasi Yerni Quyoshning hafli radiatsiyasidan  himoya qiladi ,Nafas olish, yonish, jonsiz va jonli tabiatdagi hamda texnikadagi ko’pgina jarayonlar uning ishtirokida boradi .Fotosintez jarayonida qatnashadi va inson tanasining 65% ni tashkil etadi .O’simliklar quruq biomassasining  45% ni tashkil etadi. Uni ko’zimiz bilan ko’ra olmaymiz, lekin vujudimizda his qilamiz .- J:  O 2 — Kislorod .
II guhuhga :  Bu modda metalla oilasiga mansub, Kumushsimon oq rangli, yumshoq bolg’alanuvchan, kuchli magnit xossaga ega, issiqlikni va elektr  tokini yaxshi  o’tkazadi .Nam havoda u yemiriladi va sarg’ish – qo’ng’ir rangli birikma hosil qiladi, biologic jihatdan muhim element .U o’simliklarda yetishmasa  xloroz kasalligi, kelib chiqadi uning bo’lagi tanani jarohatlasa havfli, lekin inson organizmida yetishmasa  kam qonlik  kelib chiqadi. U olma, anor, behi, sabzavotlar parranda  tuxumi hayvonlar jigari  tili, buyragi, talog’ida ko’p bo’ladi .
Javobi :   Temir .
 
    Xulosa :
Innovatsion usullarni qo’llashda  dars o’qitilganda sinfda qoloq, mavzuni o’zlashtirmaydigan o’quvchi qolmaydi. Deyarli barcha o’quvchilar  dars jarayoniga  jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari  ortadi. O’quvchilarning kelgusidagi mustaqil bilim olishlariga, hunar   o’rganishlariga  imkon yaratadi.
     Pedagogik faoliyatim davomida VI- VII – VIII – IX sinflarda  turli xil didaktik o’yinlardan  foydalanib  kelmoqdaman  va uning natijasini  ham  tahlil qilib  kelmoqdaman .
        Darslarda didaktik o’yinlardan foydalanish, o’quvchilarni ahillik, birdamlikka va sinfda  do’stona muhitni shakllantirishga  yordam beradi .
 Bir so’z bilan aytganda ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tadbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi .
 Yani:
-         Bolaning talabi, moyilligi, istak xoxishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi .
-         O’quvchining o’quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi oshadi .
-         Bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi .
-         U umr bo’yi o’z bilimini o’ziga foydalanishga ishonch faydo bo’ladi
-         Erkin fikrlash malakasi shakllanadi .
-         Shaxs jamiyatda o’zining o’rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi .
Buning uchun bugun biz o’quvchiga
“Sen buni bilishing kerak “ degan majburlovchi da’vatdan “ Menga bu zarur va men buni bilishga ,uni hayotga qo’llashga qodirman “ degan ichki ishonch va intilishni yug’otishimiz kerak.
 
Igna  bilan  quduq  qazgan  misoli ,
Muallim  chekadi  og’ir mashaqqat .
U  mudom  yashaydi g’arazdan  holi ,
Muallimga  bo’lsin  eng  buyuk  xurmat !
Foydalanilgan adabiyotlar .
1. Turdiyev. N.Sh.  Fizika VI  sinf .O’qituvchilar uchun  metodik qo’llanma. Toshkent -2003.
2. Turdiyev. N.Sh.  Fizika VI  sinf darslik .Toshkent .
3. Bahromov A. Boydadayev A. Fizika VII  sinf .O’qituvchilar uchun  metodik qo’llanma. Toshkent -2005.
4.Yusupov .A. Turdiyev. N.Sh.  Fizika IX  sinf .O’qituvchilar uchun  metodik qo’llanma. Toshkent -2003.
5. Leksiya materiallari. K. Xudoyqulov. Qarshi -2010.
6. Leksiya materiallari. D. Qorayeva. Qarshi -2010.
“O’zligingni angla “
Yer yuzida eng ko’p tarqalgan elementsiz. – Siz kimsiz ¿
 Rangsiz, hidsiz, gazsiz. – Siz kimsiz  ¿.Havodan  og’ir, suvda juda oz eriydi, undan elektr uchquni o’tganda, yoki momaqaldiroqda va chaqmoq chaqqnda o’ziga xos hidga ega birikma hosil bo’ladi, Uning manashu birikmasi Yerni Quyoshning hafli radiatsiyasidan  himoya qiladi ,Nafas olish, yonish, jonsiz va jonli tabiatdagi hamda texnikadagi ko’pgina jarayonlar uning ishtirokida boradi .Fotosintez jarayonida qatnashadi va inson tanasining 65% ni tashkil etadi .O’simliklar quruq biomassasining  45% ni tashkil etadi. Uni ko’zimiz bilan ko’ra olmaymiz, lekin vujudimizda his qilamiz .- J:  O 2 — Kislorod .
II guhuhga :  Bu modda metallar  oilasiga mansub, Kumushsimon oq rangli, yumshoq bolg’alanuvchan, kuchli magnit xossaga ega, issiqlikni va elektr  tokini yaxshi  o’tkazadi .Nam havoda u yemiriladi va sarg’ish – qo’ng’ir rangli birikma hosil qiladi, biologic jihatdan muhim element .U o’simliklarda yetishmasa  xloroz kasalligi, kelib chiqadi uning bo’lagi tanani jarohatlasa havfli, lekin inson organizmida yetishmasa  kam qonlik  kelib chiqadi. U olma, anor, behi, sabzavotlar parranda  tuxumi hayvonlar jigari  tili, buyragi, talog’ida ko’p bo’ladi .
 
Javobi :   Temir .

"Tabiatda va texnikada ishqalanish "

Таълим ва тараққиёт
Илм-фан
Fizika
 
7-sinf, III chorak 48-dars  
Mavzu: Tabiatda va texnikada   ishqalanish .
Tabiatda vatexnikada ishqalanish” mavzusining texnologik xaritasi
 
Mavzu
Tabiatda va texnikada   ishqalanish .
Maqsad
 
Tabiatda va texnikada   ishqalanish  hаqidа  ma`lumotlar berish vа ulаrning foydali ,zararli tomonlari  yuzasidan fikr uyg`оtish, ko`nikmа vа mаlаkаlаr hоsil qilish,  ishqalanishning teхnikаdа fоydаlаnilishini tushuntirish vа хаvfsizlik qоidаlаrigа qаt`iy аmаl qilishni uqtirish.
 
Vazifalari
Ishqalanish kuchi va uning tenglamalari.Ishqalanish kuchining turlari va ularning bir biridan farqi  hаqidа  ma`lumotlar berish va ularni chizma grafiklarda ko`rsatish, teхnikаdа fоydаlаnilishini tushuntirish,  orqali  fanga bo`lgan qіziqishlarini oshirish.
o`quv jarayonining mazmuni
Tabiatda va texnikada ishqalanishi va undan foydalanishda kamaytirish va ko’paytirish usullari haqida to’liq ma’lumot berish .
 
o`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
Dаrs shаkli;  Аrаlаsh dаrs.
Metod:Tezkоr test, musоbаqа, sаvоl-jаvоb, kichik guruhlаrdаishlаsh, “Aqliy hujum”, Klaster”,guruhlar bilan ishlash.
Vosita:7-sinf fizika darsligi, guruhlаrgа berilishi lоzim bo`lgаn sаvоllаr yozilgаn  ko`chmа dоskа yoki plаkаtlаr, sahna ko’rinishi uchun  stol-stullar, «Klаster» metоdi bo`yichа chizilgаn sхemа.
Nazorat: Testnazorat, guruhlarni baholash.
Baholash. 5 ballik tizimasosida. 
Kutilayotgan natijalar
o`qituvchi.
Tabiatda va texnikada ishqalanish  mavzusini  misollar,  sahna ko’rinishlari  ,orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi,  darsga, fanga nisbatan qiziqishni orttiradi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.
o`quvchi.
Yangi bilimlarni egallaydi. Jamoada ishlash ko`nikmasi ortadi, nutqi ravonlashadi, o`z-o`zini nazorat qilishga o`rganadi.  
Kelgusi rejalar
o`qituvchi.
o`quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo`llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o`z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo`llanilishi bilan tajribasini boyitish.
o`quvchi.
 Tabiatda va texnikada ishqalanish kuchlaridan foydalanish, zararli bo’lganda kamaytirish va foydali bo’lganda  ko’paytirish yo’llarini
 o`rganish, jarayonni tasavvur qilish, amaliyotga qo`llash. qo`shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rganish. o`z fikrini ravon bayon qila olish. Kompuyuterda ishlash ko`nikmasini hosil qilish. Kasb tanlashga yo’naltirish .
 
Mashg`ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
- tinchlikdagi ishqalanish ;
 - sirpanish ishqalanish ;
- dumalanish ishqalanish ;
 
I. Darsning tashkil etilishi:
a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o`z joylarini egallaydilar;
b)  salomlashib, davomat aniqlanadi;
c) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, guruhlarga bo`linadi:
         
Dаrsning blоk sхemаsi.
 
Dаrs bоsqichlаri
Vаqti
1
Tаshkiliy qism
2- minut
2
Tezkоr test
3- minut
3
«Аqliy hujum»  metоdi bo`yichаsаvоllаr
5- minut
4
Yangi mаvzu bo`yichаkirish suхbаti vаo`quvchilаrni guruhlаrgаbo`lish.
3- minut
5
Yangi mаvzu bo`yichаishlаsh sahna ko’rinishi orqali ochib berish
17- minut
6
«Klаster» metоdi bo`yichаsхemаchizish
3- minut
7
Kim ko`p fоrmulаyozа оlаdi?
3- minut
8
 Mаsаlаyechish musоbаqаsi,Bizning jamoa ertagi ,
4- minut
9
Guruhlаrni bаhоlаsh
3- minut
10
Uygаvаzifаberish
2- minut
 
II. O`tilgan mavzuni takrorlash.
1.Ishqalanish kuchining qanday turlari bor ?
2.ishqalanish kuchuning yuzaga kelish sabablarini ayting ?
3.Ishqalanish kuchining formulalari qanday ?
 
III. Yangi mavzu bayoni .
 
Qatnashuvchi  shaxslar :  Ayblanuvchi – ishqalanish kuchi, bosh ayblovchi, advokat ,sud raisi, ikki posbon sud maslahatchilari, guvohlar  .
Eshik ochilib posbonlar kirib keladi .
Posbon :   Turinglar .Sud  kelyapdi .
Sud raisi, advokat, ikkita maslahatchi, ayblovchilar kirib kelib joylarini egallaydilar .
Sud raisi :
         Hozir sizlar ga’rioddiy suda jarayoninig guvohi bo’lasizlar .Biz ishqalanish kuchini sud  qilamiz .Uning barcha nuqsonlarini ochib berib aybdorlik darajasini aniqlaymiz. Aybdorni olib kiring .
( Eshik ochilib ,posbonlar ishqalanish kuchini olib kiradilar .)
Ayblovchi :
 Hurmatli sud raisi, hurmatli sud maslahatchilari .Oylaymanki, ishqalanish kuchi zararli kuchdir. O’zingiz o’ylab ko’ring ishqalanish kuchi tufayli qanchadan – qancha mashina va stanoklarda  ishqalanish tufayli harakatlanuvchi qismlari qiziydu va  yemiriladi, ishqalanish  kuchi kamaytirish uchun kemalarni suvga  tushiradigan stapellar  qalin qilib moylanadi , oyoq kiyimlarning tag charmi yemirilib ketishi  bularning hammasi  jamiyat hayotida iqtisodga qancha zarar yetkazadi .
-ustalar mebillarga mixni burashdan oldin unga sovunsurtishadi ;
-Yangi oyoq kiyimlari oyoqlarni urishi ishqalanish tufayli ;
-Ishqalanish kuchi jism harakatiga doim qarama – qarshi yo’nalgan bo’lib tezlikni kamaytirishga sababchi bo’ladi… yan ajuda ko’p misollarni keltirish mumkin .
Advokat :
   Hurmatli sud a’zolari. Men ayblovchiga qo’shilmayman .Uning foydali tomonlarini ham  sanab o’taylik ;
-         Tinchlikdagi ishqalanish kuchi tufayli barcha jismlar o’z o’rnida tura oladi ;
-         Insonlarning yurishiga ham sabab ishqalanish kuchidir;
-         Yaxmalak paytida ishqalanish kayib ketishi tufayli  avariyalar bo’lishi  mumkin buning oldini olish uchun  qum, tuz sepiladi ;
-         Mixning kallagi yaqiniga tishlar qilinib ishqalanish kuchini orttirib  mustaxkamligi oshiriladi .
-         Avtomobillarning shinalariga protektirlar qilinadi… va xokoza .
Butomonlar  uning zarali tomonlarini yopib ketadi  deb o’ylayman .
Ayiblovchi :
     Meni ishontirdingiz  ishqalanish kuchining bunday foydali tomonlari ham borligini bilmagan ekanman .
Sud raisi :
    Guvohlarni ham eshitib ko’raylik .
(Posbonlar yemirilib ketgan mashina detallarini  ushlab turgan mexanikni, qotib qolgan, og’ir aylanadigan tikuv mashinasini ushlab turgan tikuvchini olib kiradilar)
 
Sud raisi :
Qani nima bo’lganini tushuntirib beringlarchi .
(Guvohlar navbatma – navbat kiradilar .har biri “Fizika ”kitobini ustiga qolini qo’yib qasam ichadi :”Faqat  haqiqatni gapiraman ,agar yolg’on gapirsam, meni fizik qonunlar jazolasin ”)
 Men mashinalni sozlovchi ustaman .oz ish faoliyatimda doimo haydovchilar detallarni yemirilishidan , harakatlarni yengillatish uchun ishqalanish kuchini kamaytirish yollarini so’rab murojaat qilishadilar. men ishqalanish kuchini zararli hisoblayman .
 
Men tikuvchiman. Ishqalanish kuchi tufayli mashina harakati qiyinlashib qoladi. Ish  unumdorligini kamaytirib  qo’yadi. yemirilib ishdan chiqqan qismlariri topish qiyin ,qolaversa ortiqcha harajatni talab qiladi .
Advokat :
  Men bunda ishqalanib ishlaydigan joylarni moylash orqali ishqalanish kuchini kamaytirish mumkinligini, bundan tashqari  avtomobil, velosiped va stanoklarning  aylanuvchi vallariga  podshipniklar kiydiriladi .Podshipnikning valga bevosita tegib turgan  qismi – vkladish  po'lat, cho’yan, bronzadan yasaladi.   Vkladishning  ichki sirtiga qo’rg’oshin yoki qalayning turli  qotishmalari qoplanadi va moylanadi . Bunday podshipniklar  sirpanish podshipniklari  deyiladi. Dumalanish ishqalanishi  sirpanish ishqalanishidan ancha kam bo’lganligi texnikada qol  keladi. Sharikli va rolikli podshipniklarning qo’llanilishi dumalanish kuchining kamligiga asoslanadi .Podshipnikning po’latdan yasalgan ichki halqasi valga o’tkazilgan bo’ladi. Tashqi halqa esa mashina korpusiga mahkamlanadi .Val aylanganda ichki halqa sharchalar yoki roliklarda dumalaydi .bunda ishqalanish kuchi 20-30 martaga kamayar ekan .Men shuni  tasviya etmoqchiman. Demak bunday noxush holatlarni oldini olish mumkin .
Guvohlarga navbatma – navbat gapirishga ruxsat beriladi ......
Sud  raisi  :
Ishqalanish kuchi  bunga nima deydi ?
Ishqalanish kuchi :
    Meni XVIII asrda Fransuz olimi Sh. Kulon aniqlagan. Men uch ko’rinishda namoyon bo’laman :
1.Tinchlikdagi ishqalanish kuchi;
2.Sirpanish ishqalanish kuchi ;
3. Dumalanish ishqalanish kuchi .
Menda ham ijobiy  ham salbiy tomonlar bor .  Menimcha  ular teng .
Sud  maslahatga ketadi ...
 Bir ozdan so’ng  posbonlar: Turinglar sud kelayapdi .
Sud raisi :
     Ayblovchi va guvohlar so’zlarini eshitib, shunday  xulosaga keldik .
Ishqalanish kuchi ikki yoqlama xarakterga ega: ham foydali  ,ham zararli. Agar u foydali bo’lsa uni ko’paytirishga, zararli bo’lganda esa kamaytirishga harakat qilish kerak ekan .
     Insonlar tabiat qonunlarini  o’zgartira olmaydi. Uni faqat o’rganishi va foydalanishi mumkin .
Xulosalanadi .
“Bizning jamoa ertagi “ ga navbat beriladi .
O’qituvchi boshlab beradi .Doskada Og’irlik kuchi, elastiklik kuchi, butun olam tortishish kuchi, jism og’irligi  yozuvi qo’yiladi .
Bir kuni barcha kuchlar  baxs boylab qolishibdi .Og’irlik kuchi so’z boshlabdi tabiatda eng kuchlisi o’zim. Agar men bo’lmaganimda  edi .....
 
 O’quvchilar navbatma – navbat o’z fikrlarini bildirib ertakni davom ettiradilar
 
 Oxirida  bu  suhbatni eshitib turgan “Ona tabiat “ Sunday  debdi. Aziz  farzandlarim  men sizlarni har biringizni tabiat muvozanati uchun yaratganman. Sizlar hammangiz insonlar yashashi uchun oz hissangizni qo’shasizlar. Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar. Kuch birlikda.
 
“Klaster “ tuzish  .
 
Masalalar   yechish .
 
V. Uyga vazifa: 35 – mavzuni o’qish ,V bobni takrorlash .19- masala .
 
                                                Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman X.T.M.F.M.T va T.E.Bga qarashli 13- umumiy o`rta ta`lim maktabi  fizika fani  o’qituvchisi  Aravova  Zamira 

"Mening bobom, buvim - mahallamiz fahri"

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Kasbi tumani,11- Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi   8-sinf o’quvchisi Arabboyeva Mohinurning “Mening bobom, buvim –mahallamiz faxri “ mavzusidagi insholar tanlovi  uchun yozgan inshosi .
   Mening bobom, buvim –mahallamiz faxri
                                            Reja:
1.Keksalarni e’zozlash-burchimiz.
2.Mahallamiz faxri.
3.Qari bilganni pari bilmas.
4.Bobom ,buvim duosidan kuch olib ulg`ayaman.
                                           Qarisi bor uyning farishtasi bor.
                                                           (Maqol)
       Yurtboshimizning qaroriga binoan 2015-yil –“Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi barchamizga ma’lum. Shu boisdan yurtimizda “Keksalarni e’zozlash yili “ Davlat dasturiga muvofiq keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur dastur keksalarning hayotini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy  qo’llab quvvatlash yoshi  ulug’ insonlar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi hamda mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, iqtisodiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni tizimli asosda tashkillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu dasturning amaliy ifodasi hamma joyda o’z natijasini bermoqda. Ayniqsa, ma’naviyat o’chog’I bo’lmish mahallalarda olib borilayotgan ishlar barchani quvontiradi.
       Bizning mahallamizda ham ko`zga ko`rinarli islohotlar olib borilmoqda. Bundan mening bobojonim va buvijonim ham juda xursand. Ular mahallamizdagi eng nuroniy keksalardan. Shuning uchun ularni hamma hurmat qiladi, ardoqlaydi ,  duolarini olishga harakat qilishadi. Men esa bundan juda ham mamnunman. Chunki xonadonimiz farishtasi bo`lgan bobojon-u buvijonimning mehr bulog`idan nafaqat men, balki butun mahalla-ko`y bahramand bo`lyapti. Ko`pni ko`rgan, o’z boshidan qanchadan qancha yaxshi va yomon kunlarni o`tkazgan keksalarimiz duosidan butun mahalla obod. Negaki, ular har gal duoga qo`l ocharkanlar, yurtimiz tinch, oilamiz xotirjam, dastuxonimiz to`kin -sochin bo`lsin deya ezgu niyat qilishadi. Shunday ekan, nuroniy otaxon-u onaxonlarni mahalla faxri, deb atasak yanglishmagan bo`lamiz. Ularning orasida mening bobojonim va buvijonimning borligi esa yuragimni faxr-u iftixor tuyg`ulariga to`ldiradi.
       Xalqimizda:”Qari bilganni pari bilmas” degan naql bor. Haqiqatan ham dono keksalarimiz beradigan maslahatlar oltindan ham azizroq. Nuroniylarimizni kitobga qiyos etsak bo’ladi, chunki kitob bilim bersa, keksalar hayotdan saboq beradi. Buvijonim ham biz nabiralarni yonlariga olib, qiz bolaning husni uning odobi, xush xulqida, deya har doimgidek uqtiradilar. Avvalo, kattalarga tavoze bilan salom berish, birov chaqirganda “labbay” deya javob berish, ish buyurishsa “xo’p bo’ladi” deyishni, “rahmat”, “marhamat” so’zlarini ham o’z o’rnida ishlatishni ta’kidlaydilar. “Tozalik, poklik bor joyda baraka bo’ladi”, “Erta turganning nasibasi butun bo’ladi”, degan o’gitlari bilan bizga saboq berishdan charchamaydilar. Bobojonim bo’lsalar inson yoshligidanoq ilm-hunar o’rganishi kerakligini, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lishlikni, yomon so’zlab, birovning dilini og’ritmaslikni, tabiat bilan hamnafas bo’lib, uni asrash lozimligini bot-bot uqtiradilar. Bobojonim va buvijonimning dono o’gitlari-yu  purma’no pand-nasihatlarini tinglash menga juda ham yoqadi. Ularning kelgusi hayotimda asqotishiga ishonaman.
      Keksalarni qadrlashimiz, ularga g’amxo’rlik qilishimiz lozim. Bu haqida ulug’ mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy shunday satrlarni qoldirgan:
               Qarilar xotiri nozikdur, ey tifl ,
               Shikastidin qilib vahm o’lma gustox.
               Unuttungmuki atfol o’ynag’anda ,
               Sinar oz mayl ko’rgandin quruq shox.
Ha, dilga nur, qalbga orom beruvchi tinchlik, xotirjamlik hukm surayotgan bugungi dorilomon kunlarda umrguzaronlik qilayotgan, jamiyatimizdagi ahillik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga hissa qo’shayotgan, sog’lom va barkamol unib o’sayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan, duoga qo’l ochib bizlarning baxt-iqbolimizni, saodatimizni tilayotgan buvijon-bobojonlarimizni hurmat qilish, ularga ko’proq e’tibor qaratish barchamizning farzandlik burchimiz !
                 Oqil, dono keksalarning
                 Duosini olaylik.
                 Biz ham elga xizmat qilib
 
                 O’shalarday bo’laylik.

Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri"

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman X.T.M.F.M.T va T.E.Bga qarashli 13- umumiy o`rta ta`lim maktabining VIII “A” sinf o`quvchisi SAYFULLAYEVA BARCHINOYning “Mening bobom  – mahallamiz faxri” mavzusida Respublika insholar tanloviga ishtirok etish uchun yozgan inshosi.
 
Mavzu: MENING  BOBOM  – MAHALLAMIZ FAXRI
                          REJA:
1.Qarisi bor uyning, parisi bor
2. Sinovlarda sinalgan bobom
3. Bobojonim o’gitlari
4.Yurtimizda keksalarga bo’lgan e’tibor
5. Duogo’yim –bobojonim
,,Qaysi xonadonda nuroniy                                                          otaxon yoki onaxon bo’lsa,
                                  bu oilada ,albatta,fayz-u
                                        baraka, farovonlik, ahillik
                                        bo’lishini barchamiz yaxshi
                                         bilamiz’’.  
                                                          I.A.KARIMOV.
   Prezidentimiz tomonidan 2015-yil ,,Keksalarni
e’zozlash‘’ yili –deb e’lon qilindi. 2015-yilni bunday nomlanishi esa keksalarimizni yanada
xursand qildi. Dorilamon kunlarda, tinch, osoyishta va obodlik hukm surayotgan, kelajagi go’zal Vatanda yashayotgan qariyalarimizning yaxshi niyatlari, ertangi kunga bo’lgan katta umid va ishonchlari bois, ertangi kun yanada ajoyib, yanada baxt-u shodliklarga limmo-lim bo’lajak.
Keksalarga  hurmat–ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda
ajralmas qismiga aylangan. Bir o’ylab ko’raylik,
,,Qarisi bor uyning parisi bor’’, ,,Qariyalar­-xonadonlarimizning fayzi va farishtasi’’ degan maqol va hikmatli so’zlarimizda qanday chuqur ma’no bor. Haqiqatan ham, keksalar bor uydan hamisha fayz-u baraka, quvonch-u shodlik arimaydi .
    Mening  bobom  mahallamiz  faxri  edilar. Qaysi xonadonda  to’y,  ma’raka   bo’lsa, albatta, bobomdan   kelib  duo   olib  ketishardi  va  bobom   bergan  duolari  ularga   kuch   bag’ishlardi. Bobom  har  doim  o’zlarining  ishlari  bilan  boshqalardan  ajralib  turardilar.  Qolaversa,  qishlog’imizdagi  Mulla Nur  ota    Jome  masjidining  obod bo’lishiga ham o’z hissalarini qo’shgan edilar. Bobojonim qishlog’imizning eng ulug’ Hoji bobolaridan edilar. Hattoki, ular Haj safariga ham ziyorat qilib kelganlar. Men har doim bobomga o’zingizning
o’tmishingiz haqida gapirb bering deganimda, ko’zlariga yosh olib, istar-istamas o’tmishlarini gapirib berardilar. Bobom o’zlari yashagan davrda juda ko’p qiyinchiliklar ko’rganliklarini, hozirgi kundagidek to’kin-sochinlik, obodlik bo’lmaganini aytardilar va menga doimo tinchlikni qadriga yetgin, -deya uqtirardilar .
     Mening bobom 1936-yilda tug’ilganlar. Bobojonim farzandlariga va nabiralariga ko’pdan-ko’p nasihatlar qilardilar. Bizlarga   gohida  tanbeh berardilar, gohida esa mukofotlardilar. Kattaga   hurmatda, kichikka izzatda bo’lishni  o’rgatardilar. Biz   bobojonim bilan  birga mana  shunday ozod   diyorda tinch  va  osoyishta  yashab kelar  edik.  Lekin  afsuski, kutilmaganda oilamiz boshiga og’ir  kulfat  yog’ildi.   2015-yil  29-yanvarda suyukli bobojonim bizni   tark etdilar. Lekin biz  har  doim  ularning  bergan  pand-u  nasihatlari, o’gitlari, o’rnatgan tartib-qoidalariga  amal  qilamiz. Bobojonim  bergan  o’gitlari  hech  qachon  yodimdan  chiqmaydi. Bobojonim  doimo  bizning  qalbimizda  mangu  yashaydi.
    Prezidentimiz  har  bir  yilni  o’ziga  xos  nomlar   bilan nomlaydilar. 2015-yilni  ,,Keksalarni  e’zozlash  yili’’ ,- deb  nomlangani   ham   bejiz   emas. Biz  bugun  turli   sohalarda   erishayotgan  yutuqlarimizda  keksalarimizning  bergan  duolari  va  ulkan   xizmati borligini unutmasligimiz, qo’limizdan kelganicha ularning og’irini yengil qilib, doimo ularga hurmat-ehtirom ko’rsatishimiz kerak. Bizning yurtimizdagidek, keksalarimizga bo’lgan e’tibor, hurmat-ehtirom, izzat –ikrom hali hech qaysi yurtda bo’lmagan. Shuning uchun ham bejizga O’zbekistonni ,,Olloh nazari tushgan yurt ‘’ deyishmaydi-da. Men shu o’rinda ,,Tong yulduzi’’ gazetasida nashr etilgan xorazmlik singlimiz Inoyatoy Rahimovaning she’rlaridan parcha keltirishni joiz deb topdim .
     Duolar qilasiz, katta bo’lgin, deb,
     Doimo salomat, o’ynab yurgin deb,
     Baxtli bo’lgin deysiz, aqlli,dono ,
     Elning xizmatida bo’lgin doimo,
    Buvijon,  men sizni  yaxshi  ko’raman
   Bobojon, men  sizni yaxshi ko’raman.
      Mening  bobojonim  hech  qachon  duo qilishdan charchamas edilar.  2015-yilni  ,,Keksalarni  e’zozlash’’ yili  deb e’lon qilgan  yurt boshimizga ham  faqat  sog’lik-omonlik  tilab, ularni  duo qilardilar. Har doim duoga qo’l ochganlarida  ,,Ilohim osmonimiz  musaffo, yurtboshimiz  sog’-omon, yurtimiz  obod,  oilalarimiz mustahkam,  xalqimizning  tinchligi va farovonligi  bardavom  bo’lsin,  O’zbekistonimiz  bundan-da gullab-yashnasin’’- deya  duo qilardilar. Ha, mening  bobojonim  shunday  duogo’y  edilarki,  hech  kimga  yomonlikni  ravo ko’rmas  edilar. Afsus, bobojonim  endi  yo’q.  Men  ularni juda sog’inaman,  ularning  bergan  duolarini   hali  ham  qo’msayman.  Men  har  doim  mana shunday  bobojonim  borligidan,  ularning  nabiralari  ekamligimdan  faxrlanaman.
    Ilohim   bobojonimning   oxiratlari  obod, ruhlari  shod,  yotgan  joylari  jannat  bo’lsin.   

"Mening bobom,buvim- mahallamiz fahri"

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman X.T.M.F.M.T va T.E.Bga qarashli 13- umumiy o`rta ta`lim maktabining IX “A” sinf o`quvchisi Qudratova Shoxistaning “Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri” mavzusida Respublika insholar tanloviga ishtirok etish uchun yozgan inshosi.
 
Mavzu: MENING  BOBOM,  buvim – MAHALLAMIZ FAXRI
 
Reja:
 
1.  Qarisi bor uyning parisi bor.
2.  Bobojonim mahallamiz faxri.
3.  Bobojonim qilgan  xayrli ishlar.
4.  Yurtimizda  qariyalarga bo`lgan e`tibor.
 
Har tongni savobdan boshlay desangiz,
Xayrli ishlarni  qilay desangiz.
Keksalarni e`zozlab yashang.
Keksalarni xotirlab yashang.
 
     Qarisi  bor uyning  parisi bor deb  bejizga aytishmagan.  Chunki, bizning uyimizda  nuroniy bobojonim va buvijonim borlar.  Bobojonim bizga  adashganimizda doimo to`g`ri  yo`l ko`rsatib, o`z  nasihatlarini ayamaydilar. Mening ikkita bobom  bor. Biri dadamning dadalari  Qudrat hoji bobodir, ikkinchisi esa  onamning  dadalari  To`ra bobodir. Ularing har ikkalalari ham  biz nabiralariga  mehribondirlar. Bobojonim Qudrat bobo  ayni urush boshlangan payti tug`ilganlar. U kishining yoshligi  qiyinchilikda o`tgan, chunki otalaridan  ikki yoshli bola  paytlarida  ajralib qolgan ekanlar. Bobojonimning  onalari  Xadicha momo  yigirma besh yoshlarida  ikkita bola bilan  beva bo`lib qolgan ekanlar.  Shunday bo`lsa-da,  Xadicha momo  qiynalib  ikkita bolani o`qitganlar, oliy ma`lumotli qilganlar.  Bobojonim onalari  Xadicha momoni ko`zda yosh bilan eslaydilar.
     Mening har ikkala bobom ham mahallamizda  o`z o`rnilariga ega. Bobojonim Qudrat bobo  2006-yilda  muqaddas haj  ziyoratiga borib kelganlar. U kishini odamlar e`zozlab, “Hoji bobo, Hoji bobo” –deb  chaqiradilar. Bobojonim  mahallamiz faxri hisoblanadilar. Biror-bir kishi  yo`ldan adashsa  bobom ularga  nasihat qilib, to`g`ri yo`lga  boshlaydilar. Bobomni mahallamizda hamma hurmat qiladi. Bobom  dadajonimga  ko`p nasihat qiladilar, xudoga shukur  dadam bobomning  nasihatini  olib kam bo`lmayaptilar. Ilohim bobojonlarim baxtimizga sog`-salomat  bo`lsinlar.
       Bobojonlarim ko`pgina xayrli ishlarni amalga oshirganlar va  hozirgi  kunda ham  bu xayrli ishlari davom  etyapti. To`ra  bobomni  misol qilib olsam. U kishi  ko`p yillar  qurilishda ishlaganlar, mahallamizdagi “Mulla Nur jom`e”  masjidini  qurishga katta xizmat qilganlar.  Hozirgi kunda  nafaqadagi  quruvchilar,  shunday bo`lsa-da  bobom tinib-tinchimaydilar. Bizning  uyimizni qurilishida ham  u kishining hissalari katta. Qudrat bobom ham nafaqada bo`lsalarda tinib-tinchimaydilar. Hozirgi kunda  u kishining 1 gektarga  yaqin yerlari bo`lib, u yerda  bog` barpo qilganlar. Bobomning  bog`larida  olma, uzum, o`rik, anor, gilos kabi mevalar, qovun, tarvuz,  oshqovoq, pomidor, bodring kabi poliz  mahsulotlari bor.
       Muhtaram yurtboshimizning  tashabbuslari bilan 2015-yil “Keksalarni e`zozlash yili” – deb e`lon qilindi.  Shu munosabat bilan  hozirgi kunda  keksalarimizga  katta e`tibor berilmoqda. Masalan, yurtboshimiz urush  qatnashchilarini  9-may “Xotira va qadrlash kuni” oldidan ko`pgina  sovg`alar va  pul mukofoti  bilan taqdirladilar.  Shu bilan birga bizning  yurtimiz – qariyalari qadr topgan yurt  desak mubolag`a bo`lmaydi.  Biz bu bilan  faxrlansak arziydi.  
                                                              Qudratova Shohista
 
 Kasbi tuman 13-umumiy o`rta ta`lim maktabi 9-“A” sinf o`quvchisi